Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda mashina portlab ketdi

Jizzaxda mashina portlab ketdi

Kecha, 23 iyun kuni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Sovungarlik MFY hududida joylashgan avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyasida VAZ-2106 rusumli avtomobilga yoqilg‘i to‘ldirish jarayonida portlash sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagani, boshqa transport vositalariga zarar yetmagani aytilgan. Jabrlanganlar yo‘q.

Portlash natijasida yong‘in kelib chiqmagan, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari hodisa joyiga chiqarilmagan.

Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, VAZ-2106 transport vositasidagi nosozlik baxtsiz hodisaga sabab bo‘lgan.

Surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring