Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jomboyda mahalliy rahbar va uning sheriklari 458,3 mln so‘mni talon-toroj qildi

Jomboyda mahalliy rahbar va uning sheriklari 458,3 mln so‘mni talon-toroj qildi

Foto: Xabar.uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tuman bo‘limi tomonidan AT «Xalq banki» tuman filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda «B.g» MChJ rahbari K.M. va boshqalar MChJga suyultirilgan gaz xarid qilish uchun ajratilgan 503 mln so‘m kredit mablag‘ini boshqa maqsadlarda sarflab, shundan 458,3 mln so‘mini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring