Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalistika universitetida talabani kaltaklagan xodimlardan biri ishdan haydaldi

Jurnalistika universitetida talabani kaltaklagan xodimlardan biri ishdan haydaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talaba rektorga salom bermagani uchun o‘qituvchilar tomonidan kaltaklangani aytilgan xabarlar tarqalgandi.

Holat yuxasidan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti Odob-axloq komissiyasi bayonot berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yilning 10 sentyabr kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Odob-axloq komissiyasining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

Mazkur yig‘ilishda joriy yilning 9 sentyabr kuni universitet talabasi J.Mahmudov hamda universitet xodimlari U.Rustamov, X.Mirzayev, F.Ochilovlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan kelishmovchilik holati ko‘rib chiqilgan.

«O‘rganishga ko‘ra, universitet xodimi X.Mirzayev talaba bilan o‘zaro qo‘pol muomala sababli shaxsiy tortishuvga borganligi ma’lum bo‘ldi. Vaziyat universitet profilaktika noziri H.Sodiqov tomonidan o‘rganib chiqilgan va shu kunning o‘zida tomonlar yarashuvi qarori qabul qilinib, masalaga yechim berilganligi aniqlandi.

Biroq, yarashuv qarori qabul qilinganiga qaramay, universitet ichki mehnat tartibi qoidalari buzilganligi yuzasidan chora ko‘rilishi lozim deb topildi.

Mehnat kodeksining 181-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo chorasi ya’ni, o‘z vakolati doirasidan tashqariga chiqqanligi sababli X.Mirzayev egallab turgan lavozimidan ozod etildi va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Boshqa xodimlar U.Rustamov va F.Ochilovga nisbatan hayfsan intizomiy chorasini qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilindi. Shuningdek, Universitet rahbariyatiga o‘z vaqtida xabar bermaganligi sababali profilaktika noziri kapitan H.Sodiqovga nisbatan tegishli chora ko‘rilishi uchun tuman Ichki ishlar organiga tavsiya yuborildi», deyiladi bayonotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring