Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kaliforniyada harbiy vertolyot halokatga uchradi

Kaliforniyada harbiy vertolyot halokatga uchradi

Foto: «Telegraph»

Bugun, 4-aprel kuni AQSh harbiy dengiz piyodalari korpusiga qarashli vertolyot Kaliforniya shtatining janubida halokatga uchradi. Vertolyotdagi to‘rt nafar ekipaj a’zosining halok bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«CH-53E Super Stallion» dengiz piyodalari korpusiga qarashli vertolyot Kaliforniyaning El-Sentro shahrida o‘quv-mashg‘ulot vaqtida halokatga uchradi», deyiladi bayonotda. Harbiylarning ma’lumotiga ko‘ra, halokat sababi hozircha noma’lum.

Vertolyot bortida joylashgan to‘rt kishi vafot etgan, ammo ular dengiz piyoda qismlari a’zosi ekaniga oydinlik kiritilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring