Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Plastik kartadagi 152 mln.ni naqdlashni va’da qilib chuv tushirgan firibgarga jazo tayinlandi

Plastik kartadagi 152 mln.ni naqdlashni va’da qilib chuv tushirgan firibgarga jazo tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani, Ziyokor QFYda yashovchi, muqaddam jinoyat ishlari bo‘yicha Zafarobod tuman sudining 2018 yil 1 martdagi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JK 168-moddasi 3-qismining “a” bandi bilan aybli deb topilib, 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan J.B. jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shaxar sudining 2018 yil 03 avgustdagi hukmiga ko‘ra, muqaddam ochilmay qolgan jinoyatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi JK 168-moddasi 3-qismining “a” bandi bilan aybli deb topilib, 7 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shaxar sudining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, J.B 2016 yil oktyabr-noyabr oylarida Jizzax shahar, Halqobod mahallasi xududida joylashgan “Eski shahar dehqon buyum bozori”da O.Qni plastik kartalar hisobidagi pullarini naqd pulga almashtirib berishga ishontirib, undan davomli ravishda hisobida 100.000.000 so‘m bo‘lgan plastik kartalarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, plastik kartalardagi pul mablag‘larini o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborib talon-toroj qilgan.

J.B jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2016 yil oktyabr oyi boshlarida Jizzax shahar, Zargarlik mahallasi xududida joylashgan “Zebo” savdo markazida B.Ndan jami narxi 8.500.000 so‘mlik ikki dona “Sitronik” rusumli konditsioner va bir dona “LJ” rusumli televizorlarni pulini 10 oy ichida berishga ishontirib, jabrlanuvchi B.N.ning 8.500.000 so‘mlik mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Bundan tashqari, J.B 2016 yil oktyabr oyi o‘rtalarida Jizzax shahar, Halqobod mahallasi xududida joylashgan “Eski shahar dehqon buyum bozori”da R.Xni plastik kartasi hisobidagi pullarni naqd pulga almashtirib berishga ishontirib, jabrlanuvchi X.R ning hisobida 52.000.000 so‘m bo‘lgan plastik kartasini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, plastik kartadagi pul mablag‘larini o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Jizzax shaxar sudining ta’kidlashicha, bunday xolatlar, ya’ni firibgarlik jinoyati (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi) xozirgi kunda Respublikamizda sodir etilgan jinoyat turlarining eng ko‘p qismini tashkil etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring