Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kogonda bolalar paxta terimiga jalb etilganmidi?

Kogonda bolalar paxta terimiga jalb etilganmidi?

Davlat mehnat inspeksiyasining o‘rganishlari Kogon tumani «Alinoz Shergiron» va «Barno Bahrom» fermer xo‘jaligidagi paxta terimi jarayonlariga voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari jalb qilinmaganini ko‘rsatgan.

Aniqlanishicha, bolalar paxta dalalari atrofida chorva mollari uchun o‘t tergan, shuningdek, ota-onalariga tushlik uchun yegulik olib kelgan, lekin terim jarayonida ishtirok etmagan.

Biroq bunday holat mazkur hududlar uchun mas’ul mutasaddilarni javobgarlikdan ozod etmaydi. Ayni maqsadda «Alinoz Shergiron» va «Barno Bahrom» fermer xo‘jaligi rahbarlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 2-qismiga binoan jarimaga tortilgan.

Bu yil qo‘lda terilgan 1 kg. paxta uchun narxlar oshirilib, birinchi terimda – 800 so‘m, ikkinchi terimda – 1200 so‘m to‘lanishi belgilangan. Terimchilarning qulay mehnat sharoitlari uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilyapti. Shuningdek, paxta terimida ko‘ngilli sifatida qatnashish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun terim.uz sayti ishga tushirilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi barcha fuqarolarni majburiy mehnatga qarshi kurashga chaqiradi. O‘zbekistonda majburiy mehnatning har qanday shakli qonunga xilofdir!

Agar Sizni paxta terimi yoki boshqa biror ishga majburlashsa yoki shunday holatga duch kelsangiz, Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, dmi.mehnat.uz sayti yoki mehnathuquqbot Telegram botiga murojaat qiling!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring