Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ko‘zimni ochsam, do‘xtirxonadaman» – Namanganda 16 yoshli tiktokerni tok urdi (video)

«Ko‘zimni ochsam, do‘xtirxonadaman» – Namanganda 16 yoshli tiktokerni tok urdi (video)

Joriy yil 19-sentyabr kuni soat 19:05 larda 2006-yil tug‘ilgan o‘smir Namangan tumani Mirishkor mahallasi hududidan o‘tuvchi «To‘raqo‘rg‘on – Rouston» temir yo‘lining 81-kilometri 1-piketida temir yo‘l izining yon qismida joylashgan yuqori kuchlanishli simyog‘ochiga chiqib, ijtimoiy tarmoqda obunachilarini ko‘paytirish maqsadida suratga tushmoqchi bo‘lgan.

Shu vaqtida uni 27 500 volt kuchlanishdagi elektr toki urib, jarohat olgan va tuman tez tibbiy yordam bo‘limining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Shifokor T.Fazlidinov o‘smirning jonlantirish bo‘limiga kelgan vaqtida shok holatida bo‘lgani, va ko‘rsatilgan muolajalardan so‘ng shok holatidan chiqarilganini ma’lum qildi.

«Hozirda bemor holati stabil», – deydi shifokor.

Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lishni istab qolgan bemor bola esa voqea qanday sodir bo‘lgani haqida gapirib bergan. U temir yo‘l yaqinida mollariga ozuqa to‘plab yurgan bo‘lgan.

«Poyezd yo‘liga chiqib, ustundagi simga tirmashib chiqdim. O‘sha simni ochiq joyi bor ekan, shu yeriga qo‘lim tegib bu holatga tushib qoldim. Ko‘zimni ochib qarasam, do‘xtirxonada yotibman. Boshqa qaytarilmaydi», – deydi mahalliy maktablarning biri 9-sinfida tahsil olayotgan bemor bola.

Sodir bo‘lgan holat yuzasidan Namangan viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi mas’ullari tomonidan muhokama o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring