Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuchli shamol Samarqandda uylarning tomlarini uchirib ketdi, Yangiyo‘lni elektrdan uzib qo‘ydi (foto)

Kuchli shamol Samarqandda uylarning tomlarini uchirib ketdi, Yangiyo‘lni elektrdan uzib qo‘ydi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Kecha, 26 dekabr kuni kechki payt va tunda butun mamlakatimiz bo‘ylab kuchli shamol turib, uy-joylar, avtomobillarga jiddiy talafotlar yetdi. «Xabar.uz»ga mazkur hodisadan jabr ko‘rgan fuqarolardan xabar va fotosuratlar paydar-pay kelib turibdi.

Samarqandlik mobil muxbirimizning ma’lum qilishicha, kuchli shamolning asorati viloyatning ko‘plab shahar-tumanlarida, xususan, Urgut tumanidagi aholi uylariga jiddiy zarar yetkazgan. Ayrim uylarning tomlarini qo‘porib yuborgan. Ayniqsa, tog‘oldi qishloqlarda talafot kuchliroq bo‘lgan.

Samarqand viloyatining Urgut tumani
Foto: «Xabar.uz»
Samarqand viloyatining Urgut tumani
Foto: «Xabar.uz»
Samarqand viloyatining Urgut tumani
Foto: «Xabar.uz»
Samarqand viloyatining Urgut tumani
Foto: «Xabar.uz»
Samarqand viloyatining Urgut tumani
Foto: «Xabar.uz»
Samarqand viloyatining Urgut tumani
Foto: «Xabar.uz»
Samarqand viloyatining Urgut tumani
Foto: «Xabar.uz»
Samarqand viloyatining Urgut tumani
Foto: «Xabar.uz»
Samarqand viloyatining Urgut tumani
Foto: «Xabar.uz»
Samarqand viloyatining Urgut tumani
Foto: «Xabar.uz»
Samarqand viloyatining Urgut tumani
Foto: «Xabar.uz»

Bundan tashqari, elektr simlari uzilib, ayrim mahallalardagi kichik podstansiyalarga ham zarar yetgan. Toshkent shahri va Toshkent viloyatining bir necha hududlarida daraxtlar sinib, mashinalarni bosib qolgan.

Toshkent shahri
Foto: «Facebook» / «Voditeli Tashkenta»

Bizga xabar berishlaricha, Yangiyo‘l shahrining bir qismida bir sutkadan beri elektr yo‘q. Elektr tarmog‘idagi uzilishdan so‘ng yangiyo‘lliklar suv va issiqlik ta’minotisiz qolib ketgan. Biroq kun davomida shahar suvsoz korxonasi joylashgan hududda elektr ta’minoti tiklangan, natijada xonadonlarga ichimlik suvi kela boshlagan. Suratlarning birida kuchli shamol shahardagi yo‘l belgilari va svetaforni qulatgani aks etgan.

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahri
Foto: «Facebook» / «Voditeli Tashkenta»

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring