Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kulrang «Nexia» haydovchisi qidiruvga berildi

Kulrang «Nexia» haydovchisi qidiruvga berildi

Illyustrativ foto

Foto: «Drive2»

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida 2019-yil 6-yanvar kuni taxminan soat 19-20 oralig‘ida noma’lum haydovchi davlat raqamlari aniqlanmagan kulrang «Nexia» rusumli avtomashinani «Esat-Tanxoz» yo‘lining 26-kilometrida haydab ketayotib, piyoda, Yangiobod MFYda yashagan 83 yoshli X.P.ni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan. Natijada X.P. jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib bormoqda.

IIV fuqarolar orasida ushbu holatga guvoh bo‘lganlar, haydovchi va avtomashina haqida biron-bir ma’lumotga ega insonlar bo‘lsa, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga murojaat qilishini yoki «102» telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishini so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring