Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Lyuboyini archib qo‘yaman» — Yulduz Usmonova psixologlar bilan «jangga» kirishdi

«Lyuboyini archib qo‘yaman» — Yulduz Usmonova psixologlar bilan «jangga» kirishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning turli xil treninglar tashkil etayotgan psixologlarga qaratilgan keskin ohangdagi videomurojaatlari tarqalmoqda.

«...Og‘zinga qarab gapir, kekirdagingni uzib olaman, san nima deyapsan?.. Bolalaringga gaplaring o‘tmayotgan bo‘lsa, shu tarbiyang bilan ertaga nima kutasan ulardan... Bizni bolalarni xo‘rlamanglar, hamma gaplaring telba-teskari... Lyuboy psixologni olib kelib qo‘y, archib qo‘yaman, moshennikligini bo‘yniga qo‘yaman... Qaysini bo‘lsa qaranglar, o‘zi baxtsiz. Nega o‘zingni davolay olmayapsan?.. Shu psixologlarga ishongandan ko‘ra e’tiqodga suyanish kerak... Kimdir psixologga 37 mln so‘m to‘labdi. Shuncha pul-a!», deydi qo‘shiqchi tarmoqlarda tarqalgan videolarda.

Yulduz Usmonovaning bu kabi «jazava»ga tushib gapirishini birinchi bor ko‘rayotganimiz yo‘q, ammo bir tomondan uning fikrlarida ham jon bor. Rostan ham, essiz shuncha pul. Shuncha pul evaziga olinayotgan darslar tinglovchiga rostdan ham foydalimi?

Avvalroq «Er nimaga kerak» yoxud «ko‘cha» usulidagi «dars»lar sarlavhasi bilan bergan maqolamizda keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlardagi trendda bo‘lgan, psixologlar-u, treningchilarga munosabat bildirib o‘tgan edik.

Tarmoqlarda tarqalgan videolarda, treningchi ayolning avval bolalarni jur’atsizligini, kamchiliklarini o‘ziga anglatib, uni bug‘ib olib, keyin «o‘ziga bo‘lgan ishonchini» oshirishi nechog‘lik ta’lim metodikasiga mos? Eng qizig‘i, treninglar orqali «supernatija» va’da qilayotgan psixologlarning narxi ham osmon qadar.

Bu soha bugun ma’lum bir tartiblarga ehtiyoj sezmoqda. Normalar asosida psixologiya  yo‘nalishlari asosi va metodikasi yaratilmas ekan, diplomli professional mutaxassislar qolib, qaysidir kurslarni o‘tagan «internet yulduzlari» bolalarga, ayollarimizga «bir pullik», lekin «qimmat» saboqlarini berishda davom etaverishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring