Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktabga bolta bilan kelgan shaxsni Milliy gvardiya xodimi to‘xtatib qoldi

Maktabga bolta bilan kelgan shaxsni Milliy gvardiya xodimi to‘xtatib qoldi

Joriy yilning 4 mart kuni soat 15:40larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtko‘pir tumani Dao‘ir mahallasida  joylashgan 4-sonli maktabda, yangi joriy qilingan tizimda xizmat o‘tayotgan Milliy gvardiyaning qorovul xodimi tomonidan maktabga mast holda qo‘lida bolta bilan kelgan fuqaro to‘xtatib qolindi, deb xabar bermoqda Milliy gvardiya matbuot xizmati.

Ushbu fuqaro maktabning kirish joyida xizmat o‘tayotgan qorovul xodimining begonalarni maktab ichkarisiga kiritmasligi to‘g‘risidagi ogohlantirishiga va talablariga bo‘ysinmasdan, kurtkasi ichidan bolta chiqarib janjal ko‘tarib turgan bir paytda «tashvish» xabari asosida chaqirilgan va yetib kelgan tuman qo‘riqlash xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Olib borilgan dastlabki o‘rganishlar davomida ushbu shaxs, Taxtako‘pir tumanida yashovchi 45 yoshli fuqaro S.D. ekanligi, mazkur maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydigan turmush o‘rtog‘i R.B.ni ko‘rishga kelgani va gaplashib ketmoqchi ekanligini, qo‘lidagi boltani esa o‘tin chopish oldidan o‘tkirlatishga olib chiqqanligini ma’lum qilgan.

Fuqaro S.D. tezkor guruh xodimlari tomonidan tuman Tibbiyot bo‘limiga olib borilib, spirtli ichimlik iste’mol qilganligi bo‘yicha ma’lumoti olingandan so‘ng, tuman IIB profilaktika inspektori bilan birga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan holda, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli mastlik holati bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga yotqizilgan. 

Hozirda holat yuzasidan Taxtako‘pir tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring