Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mamlakatning katta qismida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi

Mamlakatning katta qismida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi

Soat 10:00 holati bo‘yicha mamlakatimiz bo‘ylab yuz berayotgan kuchli yomg‘ir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 274 MVt quvvat bilan avariyaviy o‘chiq qolmoqda, deb xabar berdi Energetika vazirligi.

Oqibatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlaridagi  66 ming 750 ta iste’molchi hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr ta’minotidan vaqtinchalik uzilgan.

Hozirgi vaqtda murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, maxsus brigadalar tomonidan barcha nosozliklar bartaraf etilmoqda, deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, soat 10:40 da Buxoro viloyatidagi, 11:20 da esa Qashqadaryo viloyatidagi kuchli shamol va yomg‘ir tufayli o‘chgan barcha tarmoqlar ulanib, iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring