Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Milliy gvardiya hafta qahramonlarini e’lon qildi

Milliy gvardiya hafta qahramonlarini e’lon qildi

Foto: Milliy gvardiya

Milliy gvardiya o‘z xodimlari orasidan insonlar hayotini saflab qolishga jonbozlik ko‘rsatgan hafta qahramonlarini e’lon qildi.

«Xizmat burchini bajarish vaqtida fidoyilik ko‘rsatgan, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashdek mas’uliyatli vazifalarni vijdonan bajargan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi Xo‘jayev Dadaxon Ilhomovich, Harbiy-texnik instituti kursantlari Hasanov Javohir Baxtiyor o‘g‘li va Elmurodov Suxrobjon Quvondiqovichlar haftamiz qahramonlaridir», — deyiladi xabarda.

D.I.Xo‘jayev Buxoro viloyati Kogon tumanidagi «Bibi Orifa» masjidi hovlisida joylashgan hovuzga oyog‘i sirpanib tushib ketib cho‘kayotgan bolani qutqarib qolgan.

J.B.Hasanov va S.Q.Elmurodov o‘z xizmat vaqtida Toshkent shahar, Olmazor tumani hududida joylashgan «Shabboda» kafesida kelib chiqqan yong‘in oqibatida olov ichida qolib ketib, hushini yo‘qotgan homilador ayol va 3 nafar fuqaroning hayotini saqlab qolgan.

Xizmatdoshlariga namuna ko‘rsatgan qahramonlar Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring