Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mirabad Avenue»dagi yong‘in haqida rasmiy xabar: Hodisa joyiga FVV YXBB rahbariyati, Toshkent shahar hokimi, IIBB va YXB boshliqlari chiqishgan

«Mirabad Avenue»dagi yong‘in haqida rasmiy xabar: Hodisa joyiga FVV YXBB rahbariyati, Toshkent shahar hokimi, IIBB va YXB boshliqlari chiqishgan

Foto: Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

Toshkent shahri, Mirobod ko‘chasida yangi qurilayotgan «Mirabad Avenue» kompleksida 12-iyul kuni kechasi yong‘in kelib chiqqani haqida xabar bergandik.

Hodasa yuzasidan Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

2019-yil kuni soat 22:31da, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasida yangi qurilayotgan uyning tom qismida yog‘ochli qurilish xavozalari (stroitelnie lesa) 60 kv.m maydonda yongan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 22:36da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 23:10da qurshab olinib, soat 23:38da bartaraf etilgan.

Yong‘in payvandlash ishlarini olib borishda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan deb, taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 8 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Sodir bo‘lgan yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.

Yong‘in joyiga O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB rahbariyati, Toshkent shahar hokimi, IIBB va YoXB boshliqlari chiqishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring