Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda aliment to‘lashni istamagan ota farzandini kanalga cho‘ktirib yubordi (video)

Namanganda aliment to‘lashni istamagan ota farzandini kanalga cho‘ktirib yubordi (video)

Skrinshot

Namanganda aliment to‘lashni istamagan ota 2 yoshli farzandini Shimoliy Farg‘ona kanaliga otib yuborgan. Bu haqda «Zamon» dasturida xabar qilindi. 

Xabarga ko‘ra, ota o‘z farzandini ko‘rish bahonasida  bola onasi bilan yashayotgan uyga borgan va aldov bilan uni olib qochib, kanalga uloqtirgan. 

Ota fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumani sudi qaroriga ko‘ra oylik daromadining 70 foizini aliment sifatida to‘lab borishi kerak bo‘lgan. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudyasi Sanobar Mamadaliyevaning ma’lum qilishicha fuqaro Toshpo‘latov JKning tegishli moddariga asosan 18 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring