Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda yirik YTH: ikki nafar Pokiston, bir nafar O‘zbekiston fuqarosi nobud bo‘ldi

Navoiyda yirik YTH: ikki nafar Pokiston, bir nafar O‘zbekiston fuqarosi nobud bo‘ldi

Kecha, 25-sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:30lar chamasi «Jizzax»-Forish-Qizilcha» avtomagistralining 40-41 kilometrida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston FVV xabariga ko‘ra, «Toyota» haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va «Lasetti» bilan to‘qnashgan. Oqibatda «Toyota»da bo‘lgan ikki nafar Pokiston Islom Respublikasi fuqarosi va «Lasetti»da bo‘lgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan.

«Toyota»da bo‘lgan yana bir Pokiston fuqarosi jiddiy jarohat olgan va Respublika shoshilinch tez-tibbiy ilmiy-tekshirish markazi Navoiy filialining jonlantirish bo‘limiga yetkazilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring