Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«To‘dako‘l» dam olish maskanida bir o‘smir to‘satdan vafot etdi

«To‘dako‘l» dam olish maskanida bir o‘smir to‘satdan vafot etdi

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi «To‘dako‘l» dam olish maskaniga kelgan N.D. 25 iyun kuni to‘satdan vafot etdi.

Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bilan chiqqan. 

Ma’lum qilinishicha, soat 15:45 da Qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasiga 2006-yilda Navoiy shahrida tug‘ilgan, voyaga yetmagan N.D. «To‘dako‘l»ga dam olish uchun borib, to‘satdan vafot etgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, o‘smir «to‘satdan o‘lim sindromi, o‘tkir yurak-qon tomir nafas yetishmovchiligi» oqibatida vafot etgan.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlarini tuman prokuraturasi olib bormoqda.

Avvalroq, SSV G‘uzorda ikki bola qanday kasallikdan vafot etganini ma’lum qilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring