Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nukusda noma’lum qotil bir kishining umriga zomin bo‘ldi

Nukusda noma’lum qotil bir kishining umriga zomin bo‘ldi

8-aprel kuni Nukus shahar, Taxtako‘pir ko‘chasida yashovchi D.M. (1956-y.t.) uyida yurgan noma’lum shaxsning ovozini eshitgan. U tomonga borgan vaqtda esa noma’lum shaxs uni qasddan o‘ldirish maqsadida ko‘krak qafasining o‘ng qismiga pichoq bilan bir marotaba urgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, jinoyatchi D.M. uydagilarni yordamga chaqirgan vaqtda chiqib kelgan turmush o‘rtog‘i A.Sh.ning (1961-y.t.) ko‘krak qafasining chap tomoniga pichoq bilan bir marotaba urib, voqea joyidan yashiringan.

A.Sh. olgan tan jarohati natijasida voqea joyida vafot etgan, D.M. shifoxonaga yotqizilib, zudlik bilan ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida uning hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyatni sodir etgan shaxsni aniqlash uchun barcha zaruriy tezkor-qidiruv va tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring