Ob-havo ma’lumoti: bayram kuni O‘zbekistonda qor yog‘adi

Ob-havo ma’lumoti: bayram kuni O‘zbekistonda qor yog‘adi

Toshkentda qor

Foto: «Sputnik»

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 14-yanvar kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Kechasi -2 ... 0 daraja, kunduzi +4 ... +6 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ishi mumkin. Kechasi -8 ... -3 daraja, kunduzi -5 ... 0 daraja sovuq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Kechasi -3 ... +2 daraja, kunduzi +5 ... +10 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi kutiladi. Kechasi -2 ... +3 daraja, kunduzi +2 ... +7 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Qarshida kechasi -1 ... +4 daraja, kunduzi +5 ... +10 daraja iliq bo‘ladi. Termizda esa kechasi 0 ... +5, kunduzi +5 ... +10 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -2 ... +3 daraja, kunduzi +2 ... +7 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Kechasi -8 ... -3 daraja, kunduzi -5 ... 0 daraja sovuq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi -2 ... +3 daraja, kunduzi +2 ... +7 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.