Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qishga olib kirishga va’da bergan muxbir qo‘lga tushdi

O‘qishga olib kirishga va’da bergan muxbir qo‘lga tushdi

Foto: «UzNews.uz»

G‘ijduvon tumanida yashovchi L.M. o‘qishga kirish istagida o‘zining bu muammosini hal qilib beradigan hojatbaror shaxsni qidirib, oxir-oqibat Toshkent shahridagi «Tadbirkor va iste’molchi» gazetasida muxbir vazifasida ishlaydigan Ch.B.ga duch keladi.

«UzNews.uz» Buxoro viloyati IIBdagi ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, Buxoroda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da berib, 2000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan «firibgar muxbir»ning harakatlari fosh etildi.

Buxoro viloyatida yashovchi fuqaro «Tadbirkor va iste’molchi» gazetasida muxbir vazifasida ishlasa-da, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2 qismi «v, g» bandi va 228-moddasi 2 qismi «a, b» bandi bilan sudlangan Ch.B. o‘zining tanishlari orqali fuqaro L.M.ni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga o‘qishga kiritishga va’da berib, o‘qishga kiritish vakolati bo‘lmasa-da, uni aldab, ishonchini suiiste’mol qilib, firibgarlik yo‘li bilan undan 2000 AQSh dollarini oladi.

O‘qishga kirolmagan L.M. «hojatbaror» muxbirga ishonib, ko‘zlagan maqsadiga erishmaganidan so‘ng 1050 AQSh dollarini qaytarib oladi va qolgan 950 AQSh dollarini hanuzgacha ololmagani uchun Ichki ishlar organlariga ariza orqali murojaat qiladi.

Ushbu ariza yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida «muxbir» tomonidan ixtiyoriy ravishda taqdim qilingan, 950 AQSh dollari daliliy ashyo sifatida olib qo‘yiladi.

Hozir mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat IIB Tergov boshqarmasi tomonidan Ch.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring