Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oqlon mahallasida oltita uy yonib ketdi

Oqlon mahallasida oltita uy yonib ketdi

Foto: «Xs.uz»

Bugun, 18-mart kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani «Oqlon» mahallasi, Ko‘kcha darvoza tor ko‘chasida joylashgan uylarda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berdi.

Soat 11.25da Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Yong‘inni o‘chirish kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga yong‘in haqida xabar kelib tushgan. Xabar asosida 8 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan.

Birinchi bo‘linmalar soat 11.29 da voqea joyiga yetib kelgan. Yong‘in soat 12.05 da qurshab olingan va soat 12.34 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida Ko‘kcha darvoza tor ko‘chalarida joylashgan 4 ta va shu xonadonlarga tutash qurilgan Fuzuliy ko‘chasidagi 2 ta xondonlarda jami 380 kv.metr maydonda tom qismilari va ichki jihozlari yonib zararlangan.

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan uylarning jami 500 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘inning taxminiy kelib chiqishiga Ko‘kcha darvoza tor ko‘chasidagi 14-xonadonning oshxonasida yog‘ni qozonda dog‘lash uchun gaz plitasiga qo‘yib, nazoratsiz qoldirilishi sabab bo‘lgan. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring