Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston hududida yer qimirlashi kuzatildi

O‘zbekiston hududida yer qimirlashi kuzatildi

Foto: FVV matbuot xizmati

Favqulodda vaziyatlar vazirligining seysmik prognoz monitoringi markazi tomonidan xabar qilinishicha, bugun tongda, Toshkent vaqti bilan soat 05:39da yurtimizda yer qimirlashi kuzatildi.

Zilzila o‘chog‘i koordinatalari: 38,13 gradus shimoliy kenglik va 67,50 sharqiy uzunlikdan iborat. Toshkentdan masofa janubga tomon 378 kilometrni tashkil etadi (Tojikiston hududi). Zilzila magnitudasi 3,8 ball bo‘lgan.

Yer qimirlashi yurtimizning eng janubiy nuqtasi — Termizda kuzatilib, 2 ballni tashkil etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring