Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ob-havo ma’lumoti: O‘zbekistonda sovuq havo saqlanib qoladi

Ob-havo ma’lumoti: O‘zbekistonda sovuq havo saqlanib qoladi

Foto: «Sputnik»

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 17 yanvar kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -2 ... 0 daraja, kunduzi +1 ... +3 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Nukusda kechasi -16 ... -11 daraja, kunduzi -7 ... -2 daraja sovuq bo‘ladi. Urganchda esa kechasi -13 ... -8, kunduzi -7 ... -2 daraja sovuq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -8 ... -3 daraja, kunduzi -3 ... +2 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ishi kutiladi. Havo harorati kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi 0 ... +5 daraja sovuq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi +3 ... +8 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -3 ... +2 daraja, kunduzi 0 ... +5 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi -5 ... 0 daraja sovuq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi 0 ... +5 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring