Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonga qorli va qahraton havo oqimi kirib kelmoqda

O‘zbekistonga qorli va qahraton havo oqimi kirib kelmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga ko‘ra, 5-fevraldan butun Respublika bo‘ylab havo harorati pasayib ketishi kutilmoqda, ayrim joylarda 17 daraja, tog‘li tumanlarda esa 18 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin.

3-fevral kuni Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 5-fevral kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba’zi joylarda 15-20 m/soniyagacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-4 fevral kunlari 0…+5, 5-6 fevralda esa -7…-12 daraja bo‘ladi. 3 fevral kuni kunduzi +10…+15, 4-6 fevralda -2...-7 daraja bo‘ladi.

Samarqand va Jizzax viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi. 3 va 6-fevral kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 4-fevralda ayrim joylarda yomg‘ir, 5-fevral kuni esa qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5-fevral kunlari esa ba’zi joylarda 15-20 m/soniyagacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-4-fevral kunlari 0…+5, 5-6-fevralda esa -7…-12 daraja bo‘ladi. 3-fevral kuni kunduzi +10…+15, 4-6-fevralda -2...-7 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3-4-fevral kunlari kechasi 0…-7, kunduzi +2…+7, 5-6-fevral kunlari kechasi -9…-17, kunduzi -3…-10 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, 3 va 6 fevral kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 4-fevralda ayrim joylarda yomg‘ir, 5-fevral kuni esa qor yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5-fevral kunlari esa ba’zi joylarda 15-20 m/soniyagacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3 fevral kuni kechasi -3…+2, kunduzi +10…+15, 4-fevralda kechasi 0…+5, kunduzi +3…+8 daraja bo‘ladi. 5-6-fevral kunlari kechasi -7…-12, kunduzi -2…-7 darajani tashkil qiladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3 va 6 fevral kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 4-fevralda ayrim joylarda yomg‘ir, 5-fevral kuni esa qor yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5-fevral kunlari esa ba’zi joylarda 15-20 m/soniyagacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-4-fevral kunlari kechasi 0…+5, 5-6-fevral kunlari 5…-10, 3-fevral kuni kunduzi +10…+15, 4-6-fevralda 0…-5 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3-4-fevral kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 5-6-fevral kunlari ayrim joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5-fevral kunlari esa ba’zi joylarda 15-20 m/soniyagacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3 fevral kuni kechasi 0…+5, 4-6-fevral kunlari 3…-8, 3-4-fevral kunlari kunduzi +10…+15, 5-6-fevralda 0…-5 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5-fevral kunlari esa ba’zi joylarda 15-20 m/soniyagacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-4-fevral kunlari kechasi -3…+2, kunduzi 0…+5, 5-6-fevral kunlari kechasi -13…-18, kunduzi -10…-15 daraja bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring