Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Poytaxt»dagi yong‘in bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

«Poytaxt»dagi yong‘in bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Foto: «platina.uz»

Yunusobod tumanidagi sobiq «Poytaxt» biznes-markazining rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan binoda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Bugun, 9 fevral kuni soat 11:40 da Toshkent shahar Yunusobod tumani Sharof Rashidov ko‘chasida joylashgan binoda qurilish materiallari yonayotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:43 da voqea joyiga yetib bordi va yong‘in va soat 11:51 da o‘chirilgan.  

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring