Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura Angren IESdagi hodisa yuzasidan tekshiruv boshladi

Prokuratura Angren IESdagi hodisa yuzasidan tekshiruv boshladi

Bugun, 20-yanvar kuni Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining profilaktika choralarini ko‘rish uchun to‘xtatilgan 5-energiya blokida chang-ko‘mirli havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lganligi haqida rasmiy xabar berilgandi.

Chaqnash natijasida kelib chiqqan yong‘in oqibatida 3 nafar ishchi voqea joyida vafot etgan, yana 3 nafari turli darajadagi  quyish tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilishgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati hozirda mazkur holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring