Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinning chiqishidan so‘ng shov-shuv bo‘lgan gipertovush tezligidagi raketa sinovdan o‘tkazildi (video)

Putinning chiqishidan so‘ng shov-shuv bo‘lgan gipertovush tezligidagi raketa sinovdan o‘tkazildi (video)

Foto: «Sputnik»

Rossiyaning nishonga aniq zarba beruvchi yangi quroli — «Xanjar» gipertovush reketasi sinovdan o‘tkazildi.

«Rossiya Havo-kosmik kuchlarining MiG-31 qiruvchi samolyoti ekipaji belgilangan hududda «Xanjar» gipertovush reketasining harbiy-o‘quv uchirish jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirdi», — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, «Xanjar» gipertovush tezligida uchadigan va nishonga aniq zarba beradigan raketa majmuasi haqida, 1-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qilgan edi. O‘shanda kompyuter grafikasi yordamida tayyorlangan videolavha namoyish etilgandi. Ayni damda esa, «Xanjar» Janubiy okrugida jangovar navbatchilikka qo‘yilgani tasdiqlandi.

«Xanjar» raketa majmuasi 2000 km masofadagi nishonlarga zarba berishi mumkin. Raketa gipertovush tezligida, ya’ni tovush tezligidan 10 baravar tez uchadi va parvoz davomida manyovr qilib boradi. Ushbu xususiyatlar raketani bugungi kunda ma’lum bo‘lgan har qanday mudofaa tizimini yengib o‘tishini kafolatlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring