Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qarshida bozor yondi

Qarshida bozor yondi

Bugun, 7 iyun kuni soat 11:29 da Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar «Yerqo‘rg‘on» bozori hududida joylashgan ikki qavatli do‘konning 2 qavatida yong‘in sodir bo‘ldi.

FVV xabariga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yong‘in o‘chirilgan. Shuningdek, qo‘shimcha ravishda 2 ta suv tashishga mo‘ljallangan transport vositasi jalb etilgan.

Dastalki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida ikkinchi qavatda joylashgan do‘konning 210 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring