Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda 23 yoshli sportchining jasadi topildi

Qashqadaryoda 23 yoshli sportchining jasadi topildi

Marhum Islom Karimov.

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 23 yoshli sportchi Islom Karimov suvdan o‘lik holda topildi.

«Daryo» surishtiruviga ko‘ra, marhum 2022 yilning 14 iyul kuni Qarshi magistral kanalidan akasi tomonidan topilgan.

Ukamni g‘ovvoslar 12—13 iyul kunlari izlab topolmagach, o‘zim va qarindoshlar, oshna-og‘aynilarim birikib yana izladik va 14 iyul kuni kanaldan topdik. Suvdan chiqqanda ukamning jasadi shishib ketgan edi. To‘g‘ri, ikki-uch kun suvdan qolgan, shishadi. Ammo ukamda kaltak izlari ham bor edi-da. Qolaversa u suvga shunchaki cho‘kib ketmaydi. Sportchi yigit edi. Holsizlikdan yoki kaltaklanib, sog‘lig‘iga zarar yetganidan so‘ng cho‘kib ketgan bo‘lishi mumkin, — deydi marhumning akasi Dilshod Karimov.

Marhumning akasi ukasi voqea joyiga 2022 yilning 11 iyul kuni kechasi soat 23:00 dan so‘ng do‘sti tomonidan «ishxonamdagi bir bola bilan tortishib qoldim», deb chaqirilganini aytmoqda.

O‘sha kuni ukamning do‘sti ukamga telefon qilib, ishxonamda bir bola bilan tortishib qoldim deb, uni chaqirgan. Ukam voqea joyiga borganda do‘sti, o‘zi va bir taksichi bola bo‘lgan. Ikkinchi tomondan esa 10-15 kishi kelgan. Ukamning og‘aynisi uning suvga tushganini ko‘rmay qolgan. Ikkinchi tomondagilar esa ukam qochish uchun suvga tashlaganini, shundan keyin suvdan qaytib chiqmaganini aytyapti. Ukam suvda yaxshi suzardi. O‘zidan o‘zi cho‘kib ketishi mumkin emas. U ko‘p kaltaklanib, holsiz bo‘lib qolgani uchun cho‘kib ketgan yoki suvga tashlab yuborilgan degan taxminimiz bor, — deydi marhumning akasi.

Dilshod Karimovning qo‘shimcha qilishicha, ish prokuraturaga o‘tgan. Ammo hech kim surishtirmayapti.

Prokuraturaga telefon qilsak, hech kim javob bermaydi. Ekpertiza xulosasidan ham xabarimiz yo‘q. Ukamning do‘stiga telefon qilib so‘rasam, hali hech kim tergovga chaqirmadi deyapti, — deydi marhumning akasi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring