Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda ayol ehtiyotsizligi oqibatida yonib ketdi

Qashqadaryoda ayol ehtiyotsizligi oqibatida yonib ketdi

Foto:«oxo.uz»

2019-yil 15-mart kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashagan S.O. ismli ayol uyi oshxonasida suvni isitish maqsadida gaz plitasi ustiga chelak qo‘yayotganida ehtiyotsizligi ortidan olov kiyimiga o‘tib, yonib ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada S.O. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 16-mart kuni shu yerda vafot etgan.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring