Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda navbatdagi gaz koni topildi

Qashqadaryoda navbatdagi gaz koni topildi

Foto:«Nasafnews»

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani xududida joylashgan, «Sho‘rtanneftgaz» MChJga qarashli Oydin konidagi 11-sonli ishlatish qudug‘ida burg‘ulash ishlari yakunlanib, 2625-2760 metr oralig‘idagi mahsuldor qatlamdan sanoat miq’yosidagi tabiiy gaz oqimi olindi. Bu haqda «Nasafnews» nashri xabar berdi.

Quduqning kunlik gaz berish ko‘rsatkichi 120-150 ming kub metrni tashkil qilib, Sho‘rtan Bosh inshootida qayta ishlanadi va iste’molchilarga yetkazib beriladi.

Quduqni burg‘ulash ishlari 2019-yil 3-aprel kuni boshlangan va belgilangan muddatdan oldin tugatilgani ma’lum qilingan.

Foto:«Nasafnews»

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring