Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryodan kelayotgan sifatsiz go‘sht yo‘q qilindi

Qashqadaryodan kelayotgan sifatsiz go‘sht yo‘q qilindi

24 maydan 25 mayga o‘tar kechasi soat 00:40 larda Qashqadaryo-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelgan «Lacyetti» mashinasi Ko‘kdala tumani hududida joylashgan «Umakay» muntazam YPX maskanida to‘xtatilgan.

Yukxona ko‘zdan kechirilganda Chiroqchi tumanida yashovchi haydovchi tegishli veterinariya ma’lumotnomalarisiz, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan, taxminan 160 kg. og‘irlikdagi yirik mol go‘shtlarini olib ketayotgani aniqlangan.

Go‘sht mahsulotlari Qashqadaryo viloyat oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasida tekshirib ko‘rilganda iste’molga yaroqsizligi ma’lum bo‘lgan.

Viloyat hayvonlar kasalliklar tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi kuydirish pechida 160 kg. go‘sht mahsuloti yo‘q qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring