Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qimmatbaho mashina bilan to‘qnashgan «Damas» egasi ko‘pga tushdi

Qimmatbaho mashina bilan to‘qnashgan «Damas» egasi ko‘pga tushdi

Erta tongda turib, ishga otlanayotgan Akrom «Damas»ini o‘t oldirib, har kungi yumushlariga kirishdi. Mashinasiga chiqqan yo‘lovchilarni o‘z manziliga eltarkan, tezlikni oshirganini o‘zi ham payqamay qolardi.

«Hoy aka, sal sekinroq yuring» degan gaplarni eshitsa, biroz tezlikni pasaytirgan bo‘lar, lekin mashinani tez haydashga odatlanib qolgandi.

Shu kuni, tushlikdan qaytayotganida yana tezlikni oshirdi va chalg‘idimi, keskin burilib,  to‘qnashuv sodir etdi.

Yaxshiyamki, to‘qnashuvda Akromga ham, qarshisidagi haydovchiga ham shikast yetmadi. Biroq, avtomashinalar anchagina ziyon ko‘rgandi. Ustiga ustak, zararlangan mashina xorijdan keltirilgan qimmatbaho ulovlardan edi, ehtiyot qismlari kamyobligi bilan ham ajralib turardi.

Ziyon yetgan avtomobil egasi Zarina ham bo‘sh kelmadi. Darrov yetkazilgan zarar bo‘yicha ekspertiza xulosalarini olib, sudga bordi. Sud jami 42 mln. 45 ming so‘m to‘lanishi bo‘yicha qaror chiqardi.

Sudda ham o‘z aybini tan olgan Akrom bu pullarni to‘lamay yurdi. Byuro xodimlari unga nisbatan chora ko‘rishga,«Damas»ini olib qo‘yishga majbur bo‘ldi. 

Mashinasidan ayrilgach, xulosa qildimi, yetkazgan zararini qoplab berishini aytdi. Byuro xodimlari ikkala tarafni chaqirtirdi va sudda belgilangan zarar pullarini Zarinaga undirib berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring