Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘iziston aviakompaniyasi samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Qirg‘iziston aviakompaniyasi samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Qirg‘izistonning Sky KG aviakompaniyasining Diamond DA42 MNG samolyoti ekipaji tizimlar va yoritish moslamalarini tekshiruvidan o‘tkazish uchun qilgan parvozi chog‘ida o‘ng dvigatelning muzlagani haqida xabar berib, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan favqulodda qo‘nishga ruxsat so‘ragan. Bu haqda AviaSpotter Telegram kanali xabar bermoqda.

Shundan so‘ng qo‘nish yo‘lagiga o‘t o‘chirish brigadasi chaqirilgan va samolyot aeroportga muvaffaqiyatli qo‘ndirilgan. Samolyotning shassisida yong‘in aniqlangan va olov o‘chirilgan.

Toshkent xalqaro aeroportining parvozlar bo‘yicha dispetcherlik guruhi hamda Qidiruv-qutqaruv xizmati xodimlarining muvofiqlashtirilgan va professional harakatlari natijasida hodisa tezda bartaraf etilgan, voqea oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring