Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘qondagi portlashda 19 yoshli fuqaro halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Qo‘qondagi portlashda 19 yoshli fuqaro halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Kuni kecha, soat 14:46 larda Qo‘qon shahri Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida chaqnash sodir bo‘lib, uning oqibatida yong‘in kelib chiqqandi. Hodisa tufayli bir nechta xonadonlarga zarar yetgan.

Baxtsiz hodisa natijasida ushbu uyda istiqomat qilgan 2007 yilda tug‘ilgan fuqaro beton qoplama (plita) bosib qolishi oqibatida og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Boshqa jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Xabar asosida hodisa joyiga ichki ishlar organlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar mas’ul xodimlari yetib borib, chaqnash sabablarini aniqlash hamda hodisa joyini ko‘zdan kechirish ishlarini olib bormoqda.

Vazir o‘rinbosari R.Ashropov rahbarligida tergov-tezkor guruhi tuzilib, mas’ul xodimlarga hodisa joyini Jinoyat-protsessual kodeksi talablariga muvofiq hujjatlashtirish, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan narsa va buyumlarni olish, guvohlardan batafsil ko‘rsatmalar olish hamda boshqa zarur tergov harakatlarini amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB 2-mintaqaviy hudud Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat ishi Tergov departamenti tomonidan nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, 16 fevral kuni ham Qo‘qondagi uyda gaz chaqnashi sabab bir kishi vafot etgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring