Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda jazoni ijro etish xizmatining uch nafar xodimi vafot etdi

Qoraqalpog‘istonda jazoni ijro etish xizmatining uch nafar xodimi vafot etdi

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning 26 noyabr kuni soat 00.10larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani hududidan o‘tuvchi A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Buyneu» avtomobil yo‘lining 708 kilometrida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi JIED Axborot xizmati xabar bermoqda.

Jazoni ijro etish xizmati xodimi I.I xizmat joyidan yashash xonadoniga qaytayotgan vaqtda o‘ziga tegishli bo‘lgan «Cobalt» avtomashinasini boshqarayotib, qarama-qarshi tomonlarni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilishi natijasida yo‘l-transport hodisasiga uchragan.

Hodisa natijasida transport vositasida bo‘lgan JIEM xodimlari M.X hamda X.X lar og‘ir tan jarohati olib voqea joyida, I.I esa ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan Xo‘jayli tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring