Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman: 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

Rasman: 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

2026-yildagi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev ma’lum qildi. 

U kecha, 7-avgust kuni Hindistonning Chennai shahrida turib, 2026-yil butunjahon shaxmat olimpiadasi qayerda o‘tkazilishi bo‘yicha yer yuzining barcha mamlakatlaridan kelgan delegatlar uzil-kesil qaror qabul qilishi oldidan butunjahon shaxmatida o‘ta muhim bo‘lgan kun uchun taqdimot tayyorlayotgani haqida ma’lum qilgan edi.

«Ushbu muhtasham olimpiada vatanimizda o‘tkazilishi uchun biz asosiy da’vogarmiz. O‘zbekistonni dunyoning intellektuallari markaziga aylantirish, bizga nasib qilsin», – deb yozgan edi Sa’dullayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring