Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasmiy ma’lumot: Qo‘ng‘irotda 4 kishini tuproq bosib qoldi

Rasmiy ma’lumot: Qo‘ng‘irotda 4 kishini tuproq bosib qoldi

Foto: «Vsesvoi43.ru», illyustrativ foto

2021-yil 9-iyun kuni soat 5:30 larda 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro S.U.,  voyaga yetmaganlar S.K. (2006-y.t.), S.M. (2007-y.t.) va D.M. (2004-y.t.)lar Qo‘ng‘irot tumani, «Suo‘enli» OFY hududining cho‘l qumlik qismida, yer ostida bo‘lgan suv quvurini qazib olayotgan vaqtida, tuproq o‘pirilib bosib qolishi natijasida, fuqaro S.U., S.K. va S.M.lar voqea joyida vafot etgan,  voyaga yetmagan D.M. esa tuproq ostidan chiqarib olinib, Qo‘ng‘irot tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘ng‘irot tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi haqida xabar berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring