Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada «Neksiya» YTHga uchradi, qurbonlar bor

Rossiyada «Neksiya» YTHga uchradi, qurbonlar bor

Rosssiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan birlamchi ma’lumotga asosan, bugun, 11-sentabr kuni Moskva vaqti bilan soat 07:15da Orlovsk viloyati Orlovsk tumani M-2 «Qirim» avtoyo‘lining 322-kilometrida 403-marshrutda harakatlanayotgan PAZ rusumli avtobusi bilan DEU «Neksiya» rusumli yengil avtomobil to‘qnashgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida voqea joyida DEU «Neksiya» avtomobilida bo‘lgan 2 nafar fuqaro vafot etgan, 1 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan, dastlabki ma’lumotga asosan ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Tezkor raqamlari» (+998 71) 147-10-50.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring