Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyadagi o‘zbeklar mushtlashuvi qurbonlari haqida rasmiy ma’lumot berildi

Rossiyadagi o‘zbeklar mushtlashuvi qurbonlari haqida rasmiy ma’lumot berildi

2019-yilning 17-fevral kuni Moskva shahrida mamlakatimiz fuqarolari ishtirokida sodir bo‘lgan hodisa natijasida jarohat olganlardan bir kishi voqea joyida, ikkinchisi kasalxonada vafot etgani haqida xabar bergandik.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, tergov qo‘mitasining Moskva shahri bo‘yicha Bosh boshqarmasi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi 4-qismida (qasddan sog‘liqga o‘limga olib keluvchi og‘ir jarohat yetkazish) asosida jinoyat ishi ochildi.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari:

  1. Nusratov Nodirbek G‘ulomqodirovich, 1989-yil 29-oktyabrda tug‘ilgan;
  2. Nusratov Otabek, 1987 yil 24 oktyabrda tug‘ilgan.

Elchixona konsullik bo‘limi Rossiyaning tegishli idoralari bilan aloqa o‘rnatgan va vaziyatni nazorat ostida ushlab turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring