Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Leningrad oblastidagi qurilish ob’yektida 4 nafar o‘zbekistonlik migrant jarohatlandi

Leningrad oblastidagi qurilish ob’yektida 4 nafar o‘zbekistonlik migrant jarohatlandi

Foto: «Komsomolskaya pravda»

2019-yilning 27-may kuni Rossiyaning Leningrad oblasti Priozero tumanidagi qurilish ob’yektida havozalar qulab ketishi natijasida 7 kishi, jumladan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga tayanib, TIV matbuot xizmati xabar berdi.

G‘anisher Toshmamatovich Hasanov (1987-yilda tug‘ilgan) va Sami Hamidovich Qosimov (1970-yilda tug‘ilgan) Leningrad oblasti klinik kasalxonasiga maxsus vertolyotda yetkazilgan. Fazliddin Mirzaraimovich Shomamatov (1992-yilda tug‘ilgan) ham shu kasalxonaga joylashtirilgan.

Mansur Abdurahmonov (1983-yilda tug‘ilgan) Vsevoljsk tumanlararo klinik kasalxonasiga yotqizilgan.

Bosh konsulxona Leningrad viloyatining tegishli organlari bilan aloqa o‘rnatgan hamda mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatishicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring