Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda avtobus yonib ketdi (video)

Samarqandda avtobus yonib ketdi (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandning Oqdaryo tumanida «Isuzu» avtobusi yonib ketgani haqida videolavha tarqaldi. IIV ushbu hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

2019-yil 29-may kuni soat 19.00larda Samarqand viloyatining Payariq tumanida yashovchi 28 yoshli D.A. boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli avtobusni Oqdaryo tumani Mustaqillik MFY hududidan o‘tuvchi «Samarqand-Buxoro» yo‘lining 12-km.da boshqarib ketayotgan vaqtida avtobusda yong‘in sodir bo‘lgan.

Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Jarohat olganlar yo‘q. Yong‘in avtobusning elektr simlari qisqa tutashuvi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan. Keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring