Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandlik erkak ayoli va uning «xushtori»ni nega o‘ldirganini aytib berdi

Samarqandlik erkak ayoli va uning «xushtori»ni nega o‘ldirganini aytib berdi

Samarqand shahridagi savdo do‘konlaridan birida mudhish qotillik ro‘y bergani haqida xabar berilgandi.

O‘sha kuni qo‘lga olingan qotil «Yoshlar» telekanaliga hodisa bo‘yicha quyidagilarni gapirib berdi:

«Iyul oylarida uni o‘zgarib qolganini sezdim. To‘g‘ri yurgin, bolalarimiz katta bo‘lyapti, qizimiz voyaga yetyapti, dedim. U hech qanaqa noto‘g‘ri yurganim yo‘q, dedi. U savdogarlik qilardi, o‘zi pul topardi, bir kuni o‘zimizdagi bir bola bilan «Instagram»da gaplashayapti. Unga gapirdim. Onasiga murojaat qildim. Keyin yana uch marta telefonda gaplashayotganida ushlab oldim. Janjal, kelishmovchilik boshlandi.

Savdo majmuasiga kelgandan keyin ularni 5 daqiqa qidirdim. Qarasam, Samsung do‘konida qo‘l ushlashib, ko‘ngilxushlik qilib, telefon ko‘rib yurishganakan. Keyin rashk ustida qanday ularni oldiga kirib borganimni bilmayman. Tashqariga chiqdim, qarasam qo‘llarim qon. Ularni pichoqlab qo‘yganimni sezdim. O‘ldirib qo‘yganimni bilmadim. Qilgan ishimdan pushaymonman. O‘shanda rashk ustida o‘zimni bosolmay qoldim. Qaytanga militsiya xodimlariga bularni topshirvorishim kerak ekan».

Samarqand viloyati IIB tomonidan vahshiylik aks etgan videolavhalarni tasvirga olinib, tarqatgan 3 nafar samarqandlik yigitlar ham qamoqqa olingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring