Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardobada mudhish qotillik sodir etildi

Sardobada mudhish qotillik sodir etildi

Illyustrativ foto.

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida mudhish qotillik jinoyati sodir bo‘ldi. Sardoba tumanida yashovchi yigit tunggi vaqtda shu tumandagi uyga o‘g‘irlikka tushgan.

Sudlanuvchi uyga derazadan oshib kirib, uyda uxlab yotgan ayolning bo‘ynidagi tilla zanjirni yechib olayotgan vaqtida ayol uyg‘onib ketgan.

Yigit esa uning tanasiga oshxona pichog‘i bilan ko‘p marotaba uradi. Natijada, ayol voqea joyida vafot etgan.

JIB Sirdaryo viloyati Guliston shahar sudida ushbu jinoyat ishi ko‘rib chiqildi va sud hukmi o‘qildi. Mavjud dalillar B.T.ning aybdor ekanligini tasdiqlagan. 

Unga ko‘ra, sudlanuvchiga 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring