Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardobadagi YTHda bir odam vafot etdi

Sardobadagi YTHda bir odam vafot etdi

19-oktyabr kuni soat 19:50da Sardoba tumani IIBga tushgan xabarga ko‘ra, Gaz-52 yuk mashinasi Sardoba tumanida bir piyodani urib yuborgan.

Natijada piyoda olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyatida joriy yil oktyabr oyining shu kuniga qadar jami 14 ta yo‘l-transport hodisasi, shundan Boyovut tumanida 3 ta, Sardoba, Xovos va Sirdaryo tumanlarida 2 tadan, Guliston va Shirin shaharlari hamda Mirzaobod, Oqoltin, Guliston tumanlarida 1 tadan sodir etilgan.

YTHlar natijasida 5 fuqaro vafot etgan, 9 fuqaro turli tan jarohatlari olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring