Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sariosiyoda sel odamlar, mollar va «Neksiya»ni oqizib ketdi (video)

Bugun, 10-may kuni soat 16:00 lar atrofida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani tog‘li hududi «Bog‘iston» MFY «Zoxona» qishlog‘ida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida sel keldi.

Hodisa oqibatida chorva mollarni boqib yurgan (Uzun tumani «Xursan» mahallasida yashovchi) fuqaro va uning chorva mollarini, shuningdek ushbu hududda «Neksiya» avtomashinasida bo‘lgan (Uzun tumani «Istiqlol» mahallasida yashovchi) ikki nafar fuqaroni sel oqizib ketgan.

Yuz bergan tabiiy ofatdan chorva mollarini boqib yurgan fuqaro qutulib qolgan.

Voqea joyiga viloyat hokimi boshchiligida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati, qutqaruvchilar, milliy gvardiya, ichki ishlar, prokuratura va tegishli xizmatlar jalb etilgan. Shuningdek, 70 nafar mahalliy aholi bilan birgalikda qidiruv-qutqaruv va sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Tumanning Hufar va boshqa tog‘li qishloqlarida bugun yuz bergan sel hodisasi mahalliy aholi tomonidan tasvirga olindi (video).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring