Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryoda zapravka portlagani haqidagi gaplarga izoh berildi

Sirdaryoda zapravka portlagani haqidagi gaplarga izoh berildi

Illyustrativ foto.

Foto: Xabar. uz

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryoda metan gaz zapravkasi portlagani haqida xabarlar tarqaldi. Sirdaryo FVB holat yuzasidan izoh berdi

Joriy yilning 9-mart kuni soat taxminan 21:10 larda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududidagi Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasidagi Kompressor qismining bir bo‘lagi shikastlangan.

Hodisa oqibatida chaqnash va yong‘in sodir bo‘lmagan, insonlarning tan jarohati olishi va halok bo‘lish holatlari kuzatilmagan. Shikastlangan qurilma gaz to‘ldirish shoxobchasi hududidan uzoq masofada joylashgan.

Hozirda hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring