Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston poytaxtida «Shahar kuni» bo‘lib o‘tmoqda

Tojikiston poytaxtida «Shahar kuni» bo‘lib o‘tmoqda

Foto:«Asia Plus»

Bugun, 21-aprel kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe  shahrida «Shahar kuni» nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Tojikiston hukumatining yoshlar va sport qo‘mitasi bir qancha musobaqa va tadbirlarni tashkil etdi. Bular sirasiga IX an’anaviy Xalqaro marafon va «Osmoni Dushanbe» festivali ham kiradi. Bu haqda «news.tj» sayti xabar bergan.

Marafon shaharning «Navro‘zgoh» kompleksida boshlanib, poytaxt markazidagi Ismoil Somoniy yodgorligi yonida nihoyasiga yetadi.

Mamlakat prezidenti Imomali Rahmonning qaroriga ko‘ra, 1 — 6-o‘rinlar yutuqli sanaladi. Masalan, birinchi o‘rin sohibi 31150 somoniy (3500 AQSh dollari) miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Mazkur marafonga dunyoning 15 davlatidan ishtirokchilar taklif etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring