Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent markazida qurilayotgan «Mirabad Avenue» kompleksida katta yong‘in kelib chiqdi (video)

Toshkent markazida qurilayotgan «Mirabad Avenue» kompleksida katta yong‘in kelib chiqdi (video)

Foto: Golden House

Toshkent shahri markazida – Mirobod bozori yonida qurilayotgan «Mirabad Avenue» kompleksida bugun, 12-iyul kuni kechasi katta yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda videolar tarqaldi.

Videodan ko‘rish mumkinki, yong‘in qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning tepa qismida yuzaga kelgan. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etishga harakat qilishmoqda. Yong‘in sabablari va oqibatlari haqida hali rasmiy xabar berilgani yo‘q.

Bu ushbu uylar bilan bog‘liq birinchi hodisa emas. Bir haftacha avval xuddi shu uylarning yerto‘la qismida yong‘in chiqqan edi.

Eslatib o‘tamiz, «Mirabad Avenue» premium darajadagi hashamatli uy-joy kompleksi sanaladi va «Golden House» kompaniyasi tomonidan qurilmoqda.

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring