Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent tumani orqali O‘zbekistonga noqonuniy kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Toshkent tumani orqali O‘zbekistonga noqonuniy kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

O‘zbekiston - Qozog‘iston chegarasi

Foto: «Kun.uz»

Toshkent tumanida 12-yanvar kuni soat 23.30 larda, Namangan shahrida yashovchi V.K. va Bo‘stonliq tumanida yashovchi M.A. qonunga xilof ravishda O‘zbekiston hududiga kirgan.

Tahririyatimizga xabar berishlaricha, ular Toshkent tumani, Ko‘ksaroy hududi, Qushqo‘ndi aholi yashash punkti aylanma yo‘llari orqali Qozog‘iston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan vaqtlarida ushlanganlar.

Ushbu holat yuzasidan ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 223-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni Bo‘stonliq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi olib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring